Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan deputatlik nazorati doirasida 18-O'zbekiston saylov okrugida joylashgan hududlarning obodonlashtirish va sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarning tozaligi, hovli va bolalar maydonchalarining sanitariya holati, ichki ko‘cha yo‘llarining holati, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, yashil hududlarni parvarishlash ishlari hamda "Yoshlar bog‘i"ning bugungi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, daraxt va manzarali butalarni parvarishlash, sug‘orish ishlari, obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ko‘cha va jamoat joylarining ozodaligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar va mutasaddilarga ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, ichki yo‘llarni tartibga keltirish hamda "Yoshlar bog‘i"ni doimiy ravishda obod va ozoda saqlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan hududlarda obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari muntazam ravishda davom ettiriladi.

Slide 1 of 5