Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot tadbiri o‘tkazildi.

#deputat_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot tadbiri o‘tkazildi.

🏛 Unda mas’ullar Xalqchil Qonun doirasida olib borilayotgan xatlov jarayoni va uning natijalari, shuningdek, 2026-yil 15-iyundagi O‘RQ–1153-son Qonuni bilan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.

📝 Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari S.Saifnazarov, S.Said Gaziyeva, V.Alimova hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat D.Ravshanbekovlar ishtirok etdi. Tadbirning birinchi qismida boshqarma bo‘lim boshliqlari B.Abdumalikov hamda O.Anvarovlar so‘zga chiqib, mazkur xalqchil qonun bilan aholiga yaratilgan qulayliklar, xatlov natijalari va qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi. Mazkur tizim nafaqat ko‘chmas mulklarni huquqiy muhofaza qilish, balki yurtdoshlarimizga barqaror yashash, tadbirkorlik qilish, kredit olish imkoniyatlarini yaratishligi alohida qayd etib o‘tildi.

🔺 Shundan so‘ng Qonun doirasida huquqlari e’tirof etilgan bir guruh fuqarolar samimiy qutlandi. Tadbirining ikkinchi qismida OAV xodimlari Shayxontohur tumanida olib borilayotgan xatlov jarayonlarini bevosita joyiga chiqib o‘rgandilar. Bu jarayonda kadastr muhandislari, mahalla faollari va fuqarolar bilan ham yaqindan muloqot qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10