Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Mahalladagi dolzarb masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi hamda hududdagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan:
ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning murojaatlarini tizimli o‘rganish;
kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash;
yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish;
yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish, ularning sabablarini o‘rganish va manzilli choralar ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda fuqaro R.T.T. ning salomatligini tiklash uchun moddiy yordam ajratish masalasi ham ko‘rib chiqilib, ushbu murojaatni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yuzasidan kelishib olindi.

Bundan tashqari, aholini doimiy yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan chiqarish jarayonlarida uchrayotgan muammolar fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi. Mazkur masalani amaldagi qonunchilik asosida hal etish maqsadida deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida mahallada ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 4