Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Rano o'ziga biriktirilgan Axborot-kutubxona markazi faoliyatini o'rgandi.

Mazkur tashrifda xalq deputatlar Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xurramov Laziz ham hamrohlik qildi.

📖 Tashrif davomida muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mavjud muammo va takliflar o‘rganildi hamda axborot-kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

📑 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi. Unda:

📌 Axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ichki hujjatlar;
📚 Kutubxona fondini shakllantirish tartibi;
💻 Elektron kutubxona va elektron katalogdan foydalanish imkoniyatlari;
🌐 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida joriy etilgan xizmatlar;
⭐️ Foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
🔒 Axborot-kutubxona resurslaridan erkin va xavfsiz foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil o‘rganildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

📚 Bilim va ma'rifatni rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlik davom etadi!

Slide 1 of 4