Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
QONUN IJROSI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 2-“Yoshlik” saylov okrugidan saylangan deputat, Mahalliy budjet va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Abduvoxidov Shuxrat Abduxamidovich tomonidan deputatlik vakolati doirasida o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Parkent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, hududda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish,tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Shuningdek, deputat tomonidan bo‘lim boshlig‘i A. Jo‘rayev va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari A.Doliyev bilan muloqot qilinib, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, subsidiya va boshqa davlat ko‘maklaridan foydalanish holati, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.O‘rganish jarayonida aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputat
tomonidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, qonun ijrosini yanada kuchaytirish va aholi bandligini ta’minlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib,aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar monitoringi izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 4