Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
MAHALLA ICHKI KO‘CHALARI, OBODONLASHTIRISH VA TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Kim Marina Melisovna tomonidan mahalla uyboshi va ko‘chaboshilari bilan birgalikda hududdagi ichki ko‘chalarning holati, obodonlashtirish, sanitariya va tozalik masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida, avvalo, mahalla ichki ko‘chalarining bugungi holati, yo‘l qoplamasi, piyodalar uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘chalarning tartibli saqlanishi hamda ta’mirlash va obodonlashtirishga ehtiyoj mavjud hududlar ko‘zdan kechirildi. Ichki ko‘chalarda mavjud muammolar aniqlanib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha zarur masalalar belgilab olindi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofi, umumiy foydalanishdagi hududlar va yashil maydonlarning sanitariya holati, maishiy chiqindilarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni ozoda saqlash, daraxt va yashil hududlarni muntazam parvarishlash hamda obodonlashtirish ishlarining tashkil etilishi o‘rganildi.

Uyboshi va ko‘chaboshilar bilan muloqot davomida hududdagi mavjud muammolar, aholidan kelib tushayotgan murojaat va takliflar, ichki ko‘chalar holatini yaxshilash, tozalik va obodonlashtirishni ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki ko‘chalar holatini yaxshilash, hududda sanitariya va tozalik talablariga rioya etilishini ta’minlash, yashil hududlarni parvarishlash hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6