35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #Kengash_raisi 🗣“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar o‘rganildi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov shahar hududidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.
O‘rganish davomida mahallalarda olib borilayotgan hashar ishlari, ko‘cha va yo‘laklarni tozalash, daraxtlarga agrotexnik ishlov berish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ariq-zovurlarni tozalash, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish hamda jamoat joylarini tartibga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot qilinib, obodonlashtirish ishlarining sifati va ko‘lami, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Hududlarda hashar ishlariga aholini keng jalb etish, sanitariya madaniyatini yuksaltirish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Nazorat-tahlil tadbirlari yakunida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mahallalarning ozodaligi va ekologik barqarorligini ta’minlash hamda fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi. Mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari deputatlik nazorati ostida izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5