35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Deputat mahalla ko‘chaboshisi bilan birgalikda Katta Chilonzor 4-tor ko‘chasiga chiqib, hududdagi holatni joyida o‘rgandi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Miryunusov Alisher Xabibiullayevich tomonidan Chilonzor mahallasida mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar, hududni obodonlashtirish, yo‘l va boshqa infratuzilma obyektlarining holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Mavjud masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Shundan so‘ng deputat mahalla ko‘chaboshisi bilan birgalikda Katta Chilonzor 4-tor ko‘chasiga chiqib, hududdagi holatni joyida o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida ko‘chaning holati, mavjud infratuzilma bilan bog‘liq kamchiliklar hamda aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish va muhokamalar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash hamda masalalarni deputatlik nazoratida olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4