Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏗️ "Ochiq budjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari deputatlik nazoratida

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Uch yog‘och mahallasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

📍 Nazorat tadbiri davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-22-48-8-119-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan, 2026-yil 1-mavsum doirasida “Ochiq budjet” portali orqali o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan tashabbuslarni “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🏫 Xususan, Uch yog‘och mahallasida joylashgan 12-son umumta’lim maktabida zamonaviy sport zalini qurish loyihasi bo‘yicha olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Qurilishning borishi, bajarilgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📝 O‘rganish yakunida mas’ul tashkilotlar vakillari bilan loyiha ijrosi yuzasidan fikr almashilib, ishlar sifatini ta’minlash va qurilish jarayonini belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar "Ochiq budjet" loyihalari ijrosining shaffofligini ta’minlash, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazorat qilish hamda fuqarolar tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4