Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan fuqarolar murojaatini ijobiy hal etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilani qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi Qo‘qon shahar “Vaqf Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Jasorat ko‘chasi 58-uyda istiqomat qiluvchi, boquvchisini yo‘qotgan yolg‘iz ona Bozorqulova Zulayhoning yashash uyi ta’mirtalab holatga kelgani yuzasidan fuqaroning murojaati asosida tayyorlandi. Fuqaro voyaga yetmagan nogiron farzandi va onasi bilan birgalikda istiqomat qilayotgani inobatga olinib, masala alohida deputat nazoratiga olindi.

Deputatlik so‘rovi Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i nomiga yo‘llanib, fuqaroning yashash sharoitini joyiga chiqib o‘rganish, uy-joyni ta’mirlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda mazkur masala yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va ularning muddatlari haqida asoslantirilgan rasmiy ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

Deputatlik so‘rovi orqali ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish hamda ularning murojaatlarini qonunchilik asosida ijobiy hal etishga ko‘maklashish maqsad qilingan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi va ko‘rilayotgan choralar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2