Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi I.Tojiyevning O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Xususan, Qonun ijrosi doirasida 2 nafar talaba — A.Abdullayev va A.Valiyevning kontrakt to‘lovlari qoplab berilgani, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 nafar yosh bepul kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etilgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, mahalladagi yoshlarning sport sohasidagi yutuqlariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, mahallaning 8 nafar yoshlari turli sport musobaqalarida faxrli 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritgani qayd etilib, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar e’tirof etildi.

O‘rganish jarayonida mahalla yoshlari vakili, taekvondo sport turi bo‘yicha sport ustasi Abdusalimova Muborakhon tomonidan mahalla hududida sport to‘garagi tashkil etish uchun amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6