Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Saylovchilar bilan uchrashuv va hududdagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugi hududiga qarashli “Mingtut” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassisi A.Adxamov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirok etib, deputatlik faoliyatini tashkil etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududdagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlari, ekologik holat hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash va ekologik muammolarni bartaraf etish borasida mas’ullar bilan fikr almashildi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4