Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
To‘lovlar va to‘lov tizimlari – zamonaviy iqtisodiyotning muhim poydevori

To‘lovlar va to‘lov tizimlari – zamonaviy iqtisodiyotning muhim poydevori

O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonuni 2019-yil 19-sentabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2019-yil 11-oktabrda Senat tomonidan ma’qullangan. Mazkur Qonun mamlakatimizda to‘lov xizmatlari, elektron to‘lov vositalari va to‘lov tizimlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunning asosiy maqsadlari:

🔹 to‘lov tizimlarining barqaror, uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash;
🔹 naqd pulsiz hisob-kitoblarni keng rivojlantirish;
🔹 elektron to‘lov xizmatlaridan foydalanish uchun qulay huquqiy muhit yaratish;
🔹 to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
🔹 zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash.

Bugungi kunda ushbu Qonun bank kartalari, mobil ilovalar, elektron hamyonlar va boshqa raqamli to‘lov vositalaridan xavfsiz hamda ishonchli foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. To‘lov madaniyatini yuksaltirish va qonunchilik talablariga rioya etish har bir fuqaroning moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi