Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
SHIRIN MAHALLASIDA YANGI MAHALLA IDORASI QURILISHI BILAN TANISHILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda

SHIRIN MAHALLASIDA YANGI MAHALLA IDORASI QURILISHI BILAN TANISHILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "24-Shirin" okrugi deputati Shahnoza Mustafayeva tashabbusi bilan Shirin mahallasi uchun davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilayotgan yangi mahalla idorasi binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi.

🏢 O‘rganish davomida binoda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, qurilish jarayonining sifatli tashkil etilishi hamda belgilangan talablar asosida olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi. Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov quruvchilar va pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbatlashib, yaratilayotgan sharoitlar va bajarilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot oldi.

📈 Pudratchi tashkilot vakilining ma’lum qilishicha, yangi mahalla idorasi binosining birinchi bosqichini joriy yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bunda mahallada faoliyat yurituvchi «mahalla yettiligi» uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish, zamonaviy va qulay ish muhitini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

🗂 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son «Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, yangi mahalla binosida mahalla yettiligi faoliyati uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish muhimligi ta’kidlandi.

📇 Mazkur yangi bino mahalla aholisiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolar murojaatlarini manzilli va tezkor ko‘rib chiqish hamda mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etishga xizmat qilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3