Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
SHIRIN MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA HUDUD OBODONLIGI HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda

SHIRIN MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA HUDUD OBODONLIGI HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "24-Shirin" okrugi deputati Shahnoza Mustafayeva tashabbusi bilan fuqarolardan kelib tushgan murojaatga asosan okrugi hududidagi Shirin mahallasida navbatdagi o'rganish ishlari amalga oshirildi, Mazkur o'rganishni Kengash kotibiyati mudiri A.Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abilovlar tomonidan olib borildi.

🔗 Shirin mahallasi hududini ko‘zdan kechirish jarayonida 17- va 23-ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan bolalar maydonchalarining holati o‘rganildi. O‘rganish davomida mazkur maydonchalarda ayrim jihozlar ta’mirtalab holatga kelgani, xususan, arg‘imchoqlarni ta’mirlash va xavfsiz holatga keltirish zarurligi aniqlandi.

🗣 Shuningdek, hududda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, o‘t-o‘lanlarni o‘rish, qurigan va xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan daraxtlarni belgilangan tartibda olib tashlash hamda chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish bo‘yicha ishlar yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani qayd etildi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ullarga bolalar maydonchalaridagi nosoz arg‘imchoqlarni ta’mirlash, maydonchalarni tartibga keltirish, o‘t-o‘lanlarni o‘rish va qurigan daraxtlarni xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda olib chiqib ketish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

🕯 Shu bilan birga, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar va uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda boshqaruv servis kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Uy-joy mulkdorlariga o‘zlariga biriktirilgan hududlarning tozaligi va obodonligi uchun mas’uliyat bilan yondashish, umumiy foydalanish joylarini asrash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda bolalar maydonchalaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish topshirildi.

🔼 Mazkur masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar nazoratga olinib, bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, hudud obodonligini ta’minlash hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 7