Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
PARCHAQARA MFY O‘QUYLAR KO‘CHASI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Dusmurodov tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaat asosida Parchaqara mahalla fuqarolar yig‘ini O‘quylar ko‘chasidagi mavjud holat o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur ko‘cha yo‘l qoplamasi ta’mirga muhtoj ekani, bu esa aholi harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

Aniqlangan muammo yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, ko‘chani ta’mirlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Deputatlar tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimiga erishish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Muammo – yechim – natija tamoyili asosida deputatlik nazorati davom etmoqda.

Slide 1 of 3