Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
“NURLI KELAJAK”DA SAMIMIY MULOQOT: MUAMMOLAR TINGLANDI VA QAT’IY NAZORATGA OLINDI!

“Nurli kelajak” mahallasidagi qizg‘in uchrashuvdan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, deputat T.Berdiyev hamda sohaga daxldor barcha mas’ul rahbarlar aholi bilan yuzma-yuz muloqotni davom ettirdilar.

Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan ushbu sayyor qabulda har bir fuqaroning murojaatiga manzilli va alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida mahalla ahlining turmush sharoitini yaxshilash, hududni har tomonlama rivojlantirish hamda ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi aniq murojaat va takliflar kelib tushdi:

• Ichki yo‘llarni ta’mirlash: Mahallani obod qilish, piyodalar va transport vositalarining harakatlanishiga qulaylik yaratish maqsadida ichki ko‘chalarga qum-shag‘al yotqizish va asfaltlash ishlari;

• Tungi yoritish tizimi: Mahalla ko‘chalarining xavfsizligini ta’minlash va tungi vaqtda aholiga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy yoritish chiroqlarini o‘rnatish;

• Uy-joylarni ta’mirlash: Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan xonadonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida uy-joylarini ta’mirlashda amaliy ko‘mak berish;

• Sog‘liqni tiklash uchun tibbiy-moddiy yordam: Surunkali kasalligi bor, dori-darmon va tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan bir guruh fuqarolarga sog‘lig‘ini tiklashlari uchun moddiy ko‘mak ajratish.

Taqdim etilgan har bir murojaat shunchaki eshitib qo‘yilmadi, balki deputat T.Berdiyevning “murojaat daftari”ga batafsil qayd etildi.

Ushbu masalalarni, xususan, yo‘l, tungi yoritish va uy-joy muammolarini qisqa muddatlarda tizimli hal etish maqsadida daxldor mutasaddi tashkilotlar hamda shahar hokimligining tegishli bo‘limlariga rasmiy deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Xalq vakillari ta'kidlaganidek, har bir ko‘tarilgan masala ortida inson taqdiri yotibdi. Shu bois, barcha murojaatlar ijrosi qat’iy nazorat ostida bo‘ladi va bosqichma-bosqich hal etib boriladi.

Slide 1 of 4