Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

#biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K.Umirov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatga biriktirilgan tashkilot — ATB “Mikrokreditbank” Qiziriq tumani filialida bo‘lib, biriktirilgan tashkilot bilan ishlash yo‘nalishi bo‘yicha filial faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari, kredit ajratish amaliyoti, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan o‘rganish olib borildi. Shuningdek, filial faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud masalalar mas'ul xodimlar ishtirokida muhokama qilinib, hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–580-son, 2019-yil 5-noyabr, yangi tahrir) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida ham o‘rganish olib borilib, qonun talablarining amaliy ijrosi va bank faoliyatida ularga rioya etilish holati tahlil qilindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5