Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 17-Bog‘iston saylov okrugidan saylangan deputat U.Xo‘shboqov, tuman Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva hamda tegishli tashkilot va muassasalar vakillaridan iborat tuzilgan ishchi guruh tomonidan "Bog‘iston" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, obodonlashtirish va hududni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi ishlarni tashkil etish holati, mahalla yettiligi a’zolari faoliyati hamda hududdagi mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2