Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-«Bodomtepa» saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna o‘zi saylangan okrugdagi «Bodomtepa» mahallasida bo‘lib, mahallada “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.Tashrif davomida hokim yordamchisi J. Xaydarov tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida o‘rganildi.O‘rganishlar jarayonida mahallada doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan 6 nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘qitilgani, 10 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashilgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, yil boshidan buyon 11 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun kredit mablag‘lari ajratilgan.Bundan tashqari, 60 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kichik biznes subyektiga aylanishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur ishlar olib borilayotgani qayd etildi.Shuningdek, 2 nafar fuqaro tomonidan kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar amalga oshirilib, mazkur loyihalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.Mahalla yettiligining tizimli sa’y-harakatlari natijasida yil boshida ijtimoiy reyestrda kambag‘al oila sifatida ro‘yxatda turgan 45 ta oilaning 6 tasi ushbu toifadan chiqarilib, kambag‘al oilalar soni 39 taga kamaygan.O‘rganish yakunida mavjud natijalarni yanada mustahkamlash, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 3