Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILAYOTGAN MASALALAR YUZASIDAN DEPUTAT SAYYOR QABULIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, AMALIY YECHIMLAR TA’MINLANDI

Parkent tumani “Oybek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 15-Beshkappa saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovnaning navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.Uchrashuv davomida deputat aholini navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar bilan tanishtirib, ushbu yo‘nalishlarda olib borilgan o‘rganishlar haqida ma’lumot berdi.Shuningdek, saylov okrugi hududida yashovchi fuqarolarni mavjud muammo va takliflari yuzasidan murojaat qilishga chaqirdi.Tadbirda Parkent tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari B.Gulto‘rayev,Parkent tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Tojiboyev,Parkent tumani DSIning mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho‘basi inspektori S.Ergashxo‘jayev “Madad” NNT byurosi bosh mutaxassisi B. Umarbekov, tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi mas’ul xodimi B. Olimov, shuningdek, “Oybek” mahallasi yettiligi hamda maktab ma’muriyati vakillari ishtirok etib, fuqarolar murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirish va ma’lumotlar berdilar.Qabul davomida aholi tomonidan kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, piyodalar yo‘lakchasi qurish, yo‘l belgilari o‘rnatish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, ijtimoiy himoya hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflar atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli
topshiriqlar berildi.Xususan,“Oybek” MFY hududiga yangi transformator o‘rnatish hamda asosiy yo‘lga yo‘l belgilari o‘rnatib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha murojaatlar navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi va mas’ul rahbarlarga deputatlik nazorati tartibida savollar kiritilishi belgilandi. Mazkur masalalar deputat nazoratiga olindi.Har bir murojaat yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 7