Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusupov tomonidan Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganildi hamda mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi Sevara Fayziyeva hamda O‘zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi apparati rahbari A.Gafurov ham ishtirok etib, partiyalarga a'zo bo'lgan deputatlarning faolligini yanada oshirish va partiya guruhlari bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 Unda tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyat xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti, ish yuritish tizimi, ichki mehnat tartibi va ijro intizomi holati tahlil qilindi. Shuningdek, deputatlik so‘rovlari ijrosi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati, sessiyalar va doimiy komissiyalar ishini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktabrdagi KQ-836-IV va KQ-837-IV-son qarorlari ijrosi, ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma va nomenklatura hujjatlarining yuritilishi, Kengash hamda doimiy komissiyalarning tasdiqlangan ish rejalari ijrosi, deputatlar tomonidan saylovchilarga axborot berish amaliyoti hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📉 O‘rganish davomida “kengash.gov.uz” elektron platformasi orqali deputatlik so‘rovlari, haftalik ish rejalar ijrosi, Kengash so‘rovlari va boshqa xizmat yozishmalarini yuritish amaliyoti, shuningdek, Kengash faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish ishlari ham tahlil qilinib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.

🤝 Tashrif doirasida Shayxontohur tumani Kengashi kotibiyati mudiri Nematilla Karimov, siyosiy partiyalar vakillari hamda kotibiyat mas’ullari ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Unda deputatlar faoliyatini yanada faollashtirish, saylov okruglaridagi muammolarni tizimli o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda kotibiyat bilan o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

💬 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” hamkorlik tizimini amaliyotga samarali joriy etish, partiya guruhlari raislari va deputatlar ishtirokida hududlardagi dolzarb masalalarni manzilli hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🗣 Yakunda tuman Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlarning eng muhim 24 ta yo‘nalish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish, partiya guruhlari hamda kotibiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, Senat qarorlari ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish va hududlarda mavjud muammolarni manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6