Nazorat davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
Ochiq qolgan elektr simlarini izolyatsiya qilish;
Transformator punktlari atrofini temir panjaralar bilan o‘rash;
Ogohlantiruvchi va xavfsizlik belgilarini o‘rnatish.
Maqsad — har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish, fuqarolar va bolalar xavfsizligini ta’minlashdir.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizga elektr qurilmalari va transformator punktlari yaqinida o‘ynash hayot uchun xavfli ekanligini tushuntirishni unutmang.