Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Tuman Kengashi raisi aholi muammolarini joyida o‘rganmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, tuman Kengashiga 15-Baynalmilal saylov okrugidan saylangan deputat Sayidali Nurmahmatov tumandagi “At-Termiziy” mahallasida bo‘lib, aholi xonadonlariga tashrif buyurgan holda fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Tashrif davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bandlik darajasi, shaxsiy tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish holati hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.

Har bir xonadonda bo‘lib o‘tgan suhbatlar chog‘ida tuman Kengashi raisi sifatida amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik faoliyati doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish va fuqarolar murojaatlarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.

O‘rganishlar jarayonida aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan manzilli ishlash samaradorligini yanada oshirish, murojaatlarga tezkor munosabat bildirish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi.

Uchrashuvlar davomida mahalla aholisiga O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ–363-sonli Qonunining mazmun-mohiyati haqida ham tushunchalar berildi. Xususan, jamoatchilik ekologik nazoratining ahamiyati, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda har bir fuqaroning ekologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha qonun talablari haqida ma’lumotlar yetkazildi.

Slide 1 of 3