Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining muhim qarori qabul qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda jamoat salomatligi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar va jamoatchilik vakillaridan iborat maxsus Ishchi guruh tuzish hamda o‘rganish savolnomasini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ishchi guruh tomonidan quyidagi masalalar o‘rganilishi belgilandi:
Aholining, ayniqsa bolalarning profilaktik emlashlar bilan qamrab olinishi, vaksinalar zaxirasi va ularni saqlash sharoitlari;
Yuqumli kasalliklarning tarqalish holati, epidemiologik vaziyat va xavf guruhlari bilan olib borilayotgan ishlar;
Ichimlik suvi sifati, suv ta’minoti tizimlarining sanitariya talablariga muvofiqligi va suvni zararsizlantirish ishlari;
Oqova suvlarni tozalash inshootlarining texnik holati hamda atrof-muhitga ta’siri;
Chiqindi poligonlari va axlatxonalar faoliyatining sanitariya me’yorlariga mosligi;
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, laboratoriya nazorati va sifatsiz mahsulotlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlarining majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi hamda sanitariya talablariga rioya etilishi;
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena va yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari samaradorligi.

Qarorga muvofiq, Ishchi guruh o‘rganishlarni joyiga chiqqan holda olib boradi, yakunlari bo‘yicha batafsil dalolatnoma tayyorlaydi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni doimiy komissiya muhokamasiga kiritadi.

O‘rganish natijalari asosida tayyorlangan xulosalar Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yig‘ilishlarida muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur qaror ijrosi doimiy komissiya nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6