35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
"Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyaning muhim qarori qabul qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi yig‘ilishida Qo‘qon shahridagi “Muqimiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi hamda “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi, daraxtlarning saqlanish holati va umumiy ekologik vaziyatni o‘rganish bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida bog‘ hududidagi yashil maydonlarni saqlash, daraxtlarning noqonuniy kesilishi va shikastlanishining oldini olish, qurilish obyektlarining ekologik me’yorlarga muvofiqligi, sanitariya holati hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida bog‘ hududida ekologik normativlar va qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan qator takliflar ishlab chiqildi.

Muhokamalar yakunida doimiy komissiya tomonidan tegishli tashkilot va idoralarga aniq vazifalar yuklatildi.

Jumladan:
Shahar Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi markaziga bog‘ hududida faoliyat yuritayotgan kafe va savdo shoxobchalari tomonidan sanitariya talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.

Shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limiga bog‘ hududiga qo‘shimcha ravishda 50 litr hajmdagi 100 ta chiqindi qutisini o‘rnatish, radiouzatish tarmog‘ini tashkil etish, tozalik va ozodalikka chaqiruvchi targ‘ibot vositalarini joylashtirish hamda zarur choralarni ko‘rish vazifasi yuklatildi.

Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limiga yoshlar va o‘quvchilar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini kuchaytirish tavsiya etildi.

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga chiqindi tashlash joylarini sanitariya talablariga moslashtirish, bog‘ hududini yanada obodonlashtirish hamda daraxtlarga ularning turi va xususiyatlari aks ettirilgan ma’lumotnoma pasportlarini joylashtirish vazifalari yuklatildi.

Milliy gvardiya va Ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga bog‘ hududida ekologik qoidalarga rioya etilishi ustidan muntazam nazorat olib borish, atrof-muhitni ifloslantirayotgan fuqarolarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rish topshirildi.

Yig‘ilish davomida “Muqimiy” istirohat bog‘i Qo‘qon shahrining muhim yashil hududlaridan biri ekanligi, uning ekologik holatini saqlash va yanada yaxshilash masalasi doimiy e’tiborda bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, mazkur masala yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilandi.

Qaror ijrosini nazorat qilish doimiy komissiya zimmasiga yuklatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2