35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Deputat mahallada DEPUTAT NAZORATI: “Mitan” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi va murojaatlar tinglandi

 DEPUTAT NAZORATI: “Mitan” mahallasida yoshlar
yetakchisi faoliyati o‘rganildi va murojaatlar tinglandi
 

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimining
samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish chora-tadbirlari xalq vakillarining doimiy nazoratida.
 

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashidagi 3-Mitan
saylov okrugi deputati (O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi) B.Abralov tomonidan
“Mitan” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar
yetakchisining ish faoliyati atroflicha o‘rganildi.
 

 O‘rganish
davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
 

Yetakchi faoliyati va baholash: Mahallada yoshlar
bilan ishlash, ularning muammolarini tinglash va bartaraf etish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar va chora-tadbirlarning samaradorligi baholandi.
 

Bandlik va kasb-hunarga yo‘naltirish: Yoshlar
bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik va kasb-hunarga yo‘naltirish
borasidagi tizimli harakatlar ko‘zdan kechirildi.
 

Besh tashabbus amalda: Mahalla yoshlarining bo‘sh
vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, Besh muhim tashabbus doirasida turli
madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari izchil tashkil etilayotganligi ma’lum
qilindi.
 

💬 Murojaatlar nazoratda: O‘rganish jarayonida deputatga
1-sonli texnikum o‘qituvchilari murojaat qilishdi. Ular texnikum o‘quvchisining
amaliyot o‘tash jarayonini tashkil etish, uni munosib joyga joylashtirish va
diplom olish qismida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rashdi.
 

Ushbu murojaat okrug deputati B.Abralov tomonidan
alohida nazoratga olindi va mazkur masalani qisqa muddatlarda ijobiy hal etish
bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
 

Telegram (http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati)  

Facebook (https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/  

Slide 1 of 2