Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Deputatlik nazorati — hudud aholisi manfaatlari kafolati
Muzrabot tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida bo‘lib, joylarda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari muntazam o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-sonli qarori asosida tumanda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida tuman hududidagi 15 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilayapti.

Bugungi kunda ushbu mahallalarda ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholiga qulay sharoit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda. Har bir hududda amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan o‘rganilib, qurilish sifati va belgilangan muddatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 21-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Yangiyer” mahallasida bo‘lib, PQ-141-sonli qaror asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan mahalla ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, mahallaning “Guldiyor” ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlash jarayonlari o‘rganilib, pudratchi tashkilot mas’ullariga ish sifatini yanada oshirish, qurilish me’yorlariga qat’iy rioya qilish hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Bunday o‘rganishlar va deputatlik nazorati aholi manfaatlarini ta’minlash, mahallalarni zamonaviy qiyofaga keltirish hamda xalqning turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Slide 1 of 4