Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Tog’ayev hamda 21-Istiqlol saylov okrugi deputati N.Raxmatov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, hududni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda yoshlar va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko’rilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida atroflicha fikr almashildi. Bunday muloqotlar fuqarolarning muammolarini o’rganish va ularning yechimiga ko’maklashishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

  

Slide 1 of 1