Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M.Sulaymonovaning “6-Qo‘rg‘oncha” saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva tomonidan yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi ko‘magida 2 nafar yoshlarga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 150 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan hamda 1 nafar yoshlarga ta’lim olish uchun kontrakt to‘lovini bir qismini qoplab berilgan.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz hamda uyushmagan yoshlar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularning muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Uchrashuv yakunida hududning imkoniyatidan keng foydalangan holda, baliqchilikni yanada rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mavjud suv havzalaridan samarali foydalanish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi

Slide 1 of 9