Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZISH TAKLIFI BILDIRILDI
янв.21
YOSHLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA ULARNING MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI SESSIYADA KO‘TARILDI
янв.21
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
BANK PLASTIK KARTALARI BILAN BOG‘LIQ KIBERJINOYATLAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
ICHKI ISHLAR BO‘LIMINING HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
TAKRORIY MUROJAATLAR: MUAMMOLAR SABABI VA ULARNING YECHIMI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHO‘RCHI TUMANI KENGASHI VII CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYA ISHI BOSHLANDI
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Sh.Tilovboyev bilan Chorvador MFY hududida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktlari faoliyati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, mavjud sharoitlar hamda tizimdagi ayrim muammolar muhokama qilindi.

Jumladan:

✅ Oilaviy shifokorlik punktlaridagi mavjud sharoitlar;
✅ Shtatlar birligi va tibbiyot xodimlari ta’minoti;
✅ Aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar;
✅ Homilador ayollar uchun ajratilayotgan dori-darmonlar;
✅ Bolalarga parazitlarga qarshi beriladigan dori vositalari;
✅Laboratoriya faoliyati hamda mavjud jihozlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.