35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Imtiyozli kredit ajratish masalalari muhokama qilindi

Mazkur qaror asosida kam daromadli oilalarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xususan chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish jarayonidagi sustkashlik masalalari 12-Rabotak saylov okrugi (deputat M. Djuraqulova) hududida muhokama qilindi.

✔️Shu munosabat bilan ATB Mikrokreditbank Qiziriq tumani filialida bank mas’ullari, jumladan Mikrokreditbank va Xalq banki rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda kredit ajratish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, murojaatchilar bilan ishlash holati hamda mavjud kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.

🗓Xususan, ariza bilan murojaat etgan 24 nafar fuqaroning hujjatlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kredit ajratish jarayonini jadallashtirish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

✅Mas’ullarga har bir murojaatchi bilan individual ishlash, ularning hujjatlarini to‘liq va sifatli rasmiylashtirish hamda ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning manzilli yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1