Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Ona tabiatga daxldorlik: Deputat tashabbusi amalda

Ona tabiatga daxldorlik: Deputat tashabbusi amalda

Bugun tabiatni asrash, uni kelajak avlodga butunligicha yetkazish har birimizning vijdoniy burchimizga aylandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga tadbiq etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi esa bu borada muhim poydevor bo‘lmoqda. Mazkur xayrli ishda xalq vakillari — deputatlarning o‘rnak ko‘rsatayotgani quvonarli holdir.

Xususan, xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati A.Muxtorov o‘zi saylangan hududda ko‘chat ekish ishlarini tashkil etib, shaxsiy namuna ko‘rsatdi. Bu shunchaki bir tadbir emas, balki ona tabiatga bo‘lgan yuksak ehtirom va hudud obodligiga qo‘shilgan munosib hissadir.

“Daraxt ekish — bu nafaqat atrof-muhitni musaffo qilish, balki o‘zingdan keyin ezgu nom qoldirishdir,” — deydi deputat jarayon davomida.

Deputat boshchiligida ekilgan har bir nihol ertaga ulkan chinorga, soya-salqin maskanga aylanadi. Muhimi, A.Muxtorov faqatgina ko‘chat ekish bilan cheklanib qolmay, ularni parvarishlash, sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdi. Zero, bugun qadalgan niholning ertaga tomir otishi doimiy e’tibor va mas’uliyatni talab etadi.

Bu kabi tashabbuslar tuman aholisi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz. Deputatning ushbu amaliy ishi "Yashil makon" g‘oyasi atrofida barchani birlashishga chorlovchi o‘ziga xos chaqiriq bo‘ldi.

Yashillik — hayot manbayi. Keling, tumanimizni birgalikda yashil boqqa aylantiraylik! 

Slide 1 of 2