35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
#deputat_sorovi 📌 Yangiobod ko‘chasini ta’mirlash masalasi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Kiyamov Nurali tomonidan Ishtixon tumani hokimining o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i S.Ochilov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur so‘rov joylarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida kelib tushgan murojaatlar asosida shakllantirildi. Unda “Jo‘ra Mahmudov” mahallasidagi Yangiobod ko‘chasining bugungi holati yuzasidan mavjud muammolar ko‘tarilgan.

🔹 Ko‘chaning ta’mirtalabligi

🔹 Yog‘ingarchilik paytida loy va ko‘lmaklar hosil bo‘layotgani

🔹 Aholi hamda transport harakatida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani

kabi masalalar alohida ta’kidlandi.

🛠 Deputat tomonidan mazkur ko‘chani joyiga chiqib o‘rganish hamda uni ta’mirlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan takliflar bildirildi.

⏳ Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddatda javob taqdim etilishi belgilangan.

✅ Hududdagi muammolarni bartaraf etish va aholi uchun qulay sharoit yaratish masalasi doimiy nazoratda bo‘lib qoladi. 

Slide 1 of 2