Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
SHO‘RCHIDA RENOVATSIYA VA ZAMONAVIY BOSHQARUV: DEPUTATLAR PQ-48-SONLI QAROR IJROSINI O‘RGANMOQDA
янв.21
XALQ BILAN MULOQOT: MUAMMOLAR JOYYIDA HAL ETILMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: SHO‘RCHIDA 300 O‘RINLI YANGI MAKTAB BINOSI JIHOZLANMOQDA
янв.21
PREZIDENT QARORI IJROSI: OQQO‘RG‘ONDA YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILMOQDA
SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O‘TKAZILDI

ShAHAR KENGAShINING SESSIYaSI O‘TKAZILDI

Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi 16 sessiyasi o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, deputatlar, OAV vakillari hamda tegishli idora va tashkilotlarning mas’ullari ishtirok etdi.

Dastlab, kun tartibidagi 1- masala bo‘yicha 2025-yilning 9 oyi davomida shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sh.Dusanovning hisoboti eshitildi.

Shundan so‘ng shahar Tibbiyot birlashmasi rahbari XXamraev Kattaqo‘rg‘on shahrida aholini reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Navbatdagi masalalar bo‘yicha ya’ni, Kattaqo‘rg‘on shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i A.Alimovning 2025-yilning 9 oy davomida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hamda Yoshlar muammolarini hal qilish, ularni bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda mahallalardagi yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muloqotlar yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi boshlig‘i B.Qo‘zievning hisobotlari ham deputatlar e’tiboriga havola etildi.

Shuningdek, sessiyada Kattaqo‘rg‘on shahrida “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risi”dagi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar mahalliy budjetining 2025-yil III-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan shakllangan qo‘shimcha mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar tasdiqlandi.

Har bir ko‘rilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiya raislarining xulosalari taqdim etildi.

Shuning bilan shahar Kengashining 16 sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 11