Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Deputatlar terimchilar mehnatini qadrladilar

 Deputatlar terimchilar mehnatini qadrladilar 

Quva tumanida joriy yilgi paxta
terimi qizg‘in pallaga kirgan.
 

Hozirgi kunda tumandagi 5000 gektar
maydondan belgilangan 21 900 tonna hosil rejasining 16.854 tonnasi terib olindi.
Bu umumiy rejaning 77 foizini tashkil etadi.
 

Terim jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash
va fidokor mehnatkashlarni rag‘batlantirish maqsadida paxta maydonlariga xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlari navbatdagi tashrifni uyushtirdilar.
 

Deputatlar hususan, Obidov MMTP
hududidagi “Ittifok Sultoni Baraka” fermer xo‘jaligida bo‘lib, terim jarayoni bilan
tanishdilar.
 

Mehnatda faolligi va mas’uliyati
bilan ajralib turgan namunali terimchilar alohida e’tirof etildi. Deputatlar ularning
samarali mehnatini qadrlab, ularga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.
 

Terimchilar bunday e’tibor va rag‘batdan
mamnun ekanliklarini bildirib, yanada jonbozlik bilan ish olib borishga tayyor ekanliklarini
ta’kidladilar.
  

Slide 1 of 4