Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda tuman Kengashi deputatlari yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi

 Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda tuman Kengashi deputatlari yoshlar bilan
uchrashuv o‘tkazishdi
 

Quva tumanidagi 64-son umumiy o‘rta
ta’lim maktabida yoshlar uchun muhim va mazmunli tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Sharqiy
harbiy okrug qo‘shinlari Qo‘mondoni general-mayor Saidov Aybek Azadovich hamda tuman
Kengashi deputatlari ishtirok etdilar.
 

Uchrashuvda maktabning yuqori sinf
o‘quvchilari, shuningdek “Jasorat sinflari”da tahsil olayotgan yoshlar faol qatnashdilar.
Qo‘mondon tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida mamlakatimiz prezidenti,
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Sh.Mirziyoev rahbarligida amalga oshirilayotgan
islohotlar, armiya safiga qo‘shiladigan yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, oliy
harbiy ta’lim muassasalari faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shu bilan
birga, o‘quvchilarga a’lo baholarga o‘qish, sport bilan muntazam shug‘ullanish va
intellektual salohiyatni rivojlantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
 

Deputatlar esa davlatimiz rahbari
tashabbusi bilan mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shu
jumladan Quva tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘z yuritdilar.
Yoshlar kelajak bunyodkorlari ekanligi, ularning bilimli va faol bo‘lishi yurt ravnaqi
uchun katta ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
 

Uchrashuvda yoshlar bilan vatanparvarlik,
ma’naviy-axloqiy tarbiya, sog‘lom turmush tarzi, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini
oshirish masalalari keng muhokama qilindi. Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tdi,
o‘quvchilar qo‘mondon va deputatlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat
qilib, ularga batafsil javoblar oldilar.
 

“Yoshlar – yurtimiz kelajagi poydevori.
Ular quvvatli bo‘lsa, Vatan ravnaqi ham shuncha barqaror bo‘ladi” degan fikr tadbir
ishtirokchilari qalbida chuqur taassurot qoldirdi.
 

Uchrashuv yakunida yoshlarga esdalik
sovg‘alari topshirildi. Tadbir ularning qalbida ruhiy ko‘tarinkilik, kelajakka ishonch
va yangi marralarni zabt etish istagini uyg‘otdi.
  

Slide 1 of 9