35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Deputat va aholi muloqoti: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
“Joyilma” mahallasida fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda
янв.21
Sho‘rchi tumanida fuqarolar murojaatlarini mahallabay o‘rganish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Ochiq muloqot orqali mahalliy muammolarga yechim izlash deputatning maqsadi.

Ochiq muloqot orqali mahalliy muammolarga yechim izlash deputatning maqsadi.

2025-yil 15-oktyabrkuni Samarqand viloyati, 54-Urgut saylov okrugi bo‘yicha Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Nilufar Ja’farova o‘z saylovchilari oldida axborot yig‘ilishi o‘tkazdi. 

Ochiq uchrashuvlar – saylovchilar bilan bevosita muloqotga kirishish, deputatning hisobotini berish va jamoatchilik fikrini tinglash uchun mo‘ljallangan samarali platformadir. 

Bu uchrashuvda N.Ja’farova o‘z faoliyatidagi yutuqlar, amalga oshirgan loyihalar, ijtimoiy dasturlar va saylovchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab o‘tdi. 

Yig‘ilishda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar keng yoritildi. N.Ja’farova o‘z axborotida hududda olib borilgan loyihalar, ijtimoiy dasturlar va saylovchilarning manfaatlarini himoya qilish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarni alohida ta’kidladi. U bunday faoliyat davri mobaynida aholining turmush sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan tadbirlarda olingan natijalarni qisqacha yoritdi. Shuningdek, o‘z faoliyatining asosiy maqsadi – saylovchilar ehtiyojlarini qondirish, ularning fikr-mulohazalarini hisobga olish ekanligini aytib o‘tdi. 

Nilufar Ja’farovaning fikricha, saylovchilar bilan muntazam muloqot, ularning taklif va tashvishlarini tinglash – iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi muammolarni birgalikda hal etishning muhim omilidir.

Yig‘ilish davomida ishtirok etgan saylovchilar o‘z fikrlarini ochiq-oydin ifoda etdilar. Ular ko‘tarilgan masalalarni asosan infratuzilma, ta’lim, yo‘l harakati, suv va elektr tarmoqlari, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalari tashkil etdi. Deputat ularga qisman berilgan javoblar orqali hal qilinishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar, amalga oshirilayotgan ishlar va kelajakdagi rejalarga oid ma’lumotlarni taklif qilgan holda batafsil javob berdi. 

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 2