35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#IjtimoiyXizmat #QonunIjrosi
янв.21
#DeputatFaoliyati #FuqarolarMurojaati
янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar topildi
янв.21
Oliy Majlis Senati qo‘mitasi raisi Sho‘rchi tumani Kengashiga tashrif buyurdi
янв.21
Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar muhokama qilindi
янв.21
Yo‘ldan foydalanish korxonasi faoliyati yuzasidan hisobot muhokama qilindi
янв.21
Navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
янв.21
DEPUTATLIK TASHABBUSI NATIJASIDA MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputatlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
Ayollar liderligi akademiyasi — tenglik va taraqqiyot sari yangi qadam

     UNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Ayollar liderligi akademiyasini tashkil etish” tashabbusi jahon hamjamiyatida katta qiziqish bilan qarshi olindi. Mazkur g‘oya – ayollarning fan, ta’lim, madaniyat va boshqaruv sohalaridagi salohiyatini yuksaltirish, ularning xalqaro maydondagi faolligini kengaytirishga qaratilgan amaliy qadamdir. 

 

 ️ Bugungi kunda dunyoda barqaror taraqqiyotning muhim ustuni sifatida gender tenglik tamoyili ilgari surilmoqda. O‘zbekiston ham bu yo‘nalishda izchil islohotlarni amalga oshirib, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtirokiga keng yo‘l ochmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur tashabbusi — mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosatning xalqaro darajadagi mantiqiy davomi bo‘lib, ayollarning intellektual va ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi. 

 

 ️ Akademiya faoliyati orqali ayollarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, boshqaruv jarayonlarida faol ishtirok etish, ilmiy va ijodiy salohiyatini namoyon etish imkoniyatlari yaratiladi. Shu bilan birga, mazkur platforma jahonning yetakchi olimalarini, pedagog va tadqiqotchilarini birlashtiruvchi markazga aylanishi kutilayapti. 

 

 ️ Shuningdek, tashabbus doirasida Samarqand shahrida ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi xotin-qizlarning global forumini o‘tkazish taklifi ham ilgari surildi. Bu forum dunyo miqyosida ilmiy hamkorlik va tajriba almashinuvi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. 

 

 ️ Mazkur tashabbus – ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda teng imkoniyatlar muhitini yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar O‘zbekistonni xalqaro maydonda gender tenglik va barqaror rivojlanish sohasidagi ilg‘or davlatlar safidan o‘rin olishiga zamin yaratadi