Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🏘️ KO‘CHABOSHI BILAN HAMKORLIKDA — AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Yaxshimuratova Komiljon Otaniyozov mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan muloqot qildi.
🔹 Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi;
🔹 Ko‘chalar kesimida mavjud muammolar o‘rganildi;
🔹 Hududdagi obodonlashtirish va infratuzilma masalalari ko‘rib chiqildi;
🔹 Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar belgilandi.
🤝 Maqsad — ko‘chaboshilar bilan hamkorlikda aholi muammolarini joyida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish.