Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

ZAHMATKASHLARGA — E’TIBOR VA EHTIROM!

#Paxtakor_tuman_kengashi
#etirof

🌾 ZAHMATKASHLARGA — E’TIBOR VA EHTIROM!

Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» MCHJ klasteri, Bog‘ishamol mahallasidagi Samarqand paxta qabul qilish maskani hamda «Semurg‘ Cluster» MCHJ urug‘chilik klasteri paxta qabul qilish maskanida mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida, xususan, paxta yig‘im-terimida mehnat qilayotgan ishchilar uchun madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov ishtirok etib, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida fidokorona mehnat qilayotgan zahmatkashlarni tabriklab ular bilan muloqot qildi.

Tadbirda tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, kuy-qo‘shiq va raqslar orqali terimchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.

🍽 Shuningdek, mehnatkashlar uchun dasturxon yozilib, milliy taomlar va turli noz-ne’matlar tortiq qilindi.

🌱 Mehnatga — ehtirom, zahmatkashlarga — e’tibor!

Slide 1 of 9