Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Tarixiy merosni asrash va targ‘ib etish masalalari o‘rganildi

Tarixiy merosni asrash va targ‘ib etish masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Nurmatov va M.Abdulmajidov O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Namangan viloyati Tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida muzeyda tarixiy va madaniy meros obyektlarini saqlash, ularni targ‘ib qilish hamda aholiga yetkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muzey faoliyatini yanada rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash va jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 5