Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi huzuridagi «Yoshlar maslahat guruhi» aʼzosi Mashhurbek Davlatov tomonidan “Nurobod” mahallasidagi xususiy maktab o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olishi va bilim egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyozlar hamda ulardan foydalanish tartibi haqida maʼlumot berildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil tushuntirishlar berilib, yoshlarni ilm-fan va taʼlimga yana-da keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.