Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Hududdagi faoliyat bilan tanishuv

 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov va Bekzodbek Akbarov «Ma’rifat» mahallasida bo‘lib, mahalla raisi va tuman Kengashi deputati Nasiba Abduroziqova, shuningdek, mahalladagi hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mahallada aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash, mavjud masalalarni aniqlash hamda deputatlik faoliyatini hududda samarali tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

🤝 Hududdagi holatni o‘rganish va deputatlik faoliyatini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida bunday uchrashuvlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 1