«Yakkachikir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi raisi Xushnudbek Romanberganovich Sultonov «Yakkachikir» mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Xushnudbek Hamidovning faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi tahlil qilindi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalariga eʼtibor qaratildi.