83-DMTT faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R.Isakov boshchiligida “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan
83-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishda Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, deputatlar A.Rahmatulloyev, I.Kamalov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ishtirok etdi.
Tashrif davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayoni, oshxona, tibbiy xizmat xonalari hamda hududning sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish va aholiga yaratilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.