Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O‘.Akkulov tomonidan Obi-hayot QFY infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarda yo‘naltirilishi, hududda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, bajarilgan ishlarning sifati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hudud aholisining infratuzilmaga oid ehtiyojlari o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni sifatli yakunlash yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi.

Slide 1 of 3