MAHALLANING DEPUTAT BILAN HAMKORLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A. Avliyakulov tomonidan o‘zi saylangan M. Eshtemirov MFY hududida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mutaxassis T. Murodov tomonidanmahalla va deputat o‘rtasidagi hamkorlik holati o‘rganildi.
Jumladan, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda deputat bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyat samaradorligi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida mahalla va deputat hamkorligini yanada kuchaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.