Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI

YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan tashkilot — Yoshlar ishlari agentligi Termiz tuman bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “Yoshlar daftari” bilan ishlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni rag‘batlantirish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda davlat dasturlari doirasidagi loyihalarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida bo‘limning ish yuritishi, belgilangan vazifalar ijrosi va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlarning natijadorligi ham tahlil qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan faoliyatni yanada takomillashtirish, yoshlar murojaatlari bilan ishlashni kuchaytirish va qonun talablarining to‘laqonli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4