YOSHLAR MASLAHAT GURUHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan yoshlarga oid masala atroflicha muhokama qilindi.
Muhokama davomida yoshlarning manfaatlarini inobatga olish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash va tegishli takliflarni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida sessiyaga kiritiladigan masala yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha kelishib olindi.